Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, general-polkovnik Z.Almatov bilan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy-profilaktik uchrashuv oʻtkazildi

  • Asosiy
  • Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, general-polkovnik Z.Almatov bilan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy-profilaktik uchrashuv oʻtkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi general-polkovnik Z.Almatov rahbarligidagi ishchi guruh aʼzolari tomonidan “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari bilan maʼnaviy- maʼrifiy va tarbiyaviy-profilaktik uchrashuv” mavzusidagi muloqot oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi general-polkovnik Z.Almatov soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamalakatimizning taqdiri va kelajagi uchun maʼsuliyatini oʻz zimmasiga olishga, bu yoʻlda bor bilim va salohiyatini safarbar etishga qodir boʻlgan, azmu-shijoatli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish biz uchun eng muhim masaladir” degan ezgu fikrlarini olgʻa surgan holda, yoshlarni ayniqsa talaba-yoshlarni ona-Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, tinchlik-osoyishtalikni qadriga yetish va yurtimizni har qaysi sohada himoya qilishga, jaholatga qarshi faqat maʼrifat bilan kurashishga oʻrgatish hozirgi zamon talabi ekanligini hamda yetishib kelayotgan kadrlar kelgusida yurtimiz kelajagini belgilab berishini inobatga olib, bizning universitet yoshlariga katta umid bogʻlashini alohida taʼkidladi.

Uchrashuvda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Yodgor Saʼdiyev - bugungi shiddat bilan oʻtayotgan zamonda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi mutaxassislari oldida turgan dolzarb vazifalar, talaba-yoshlarni turli yot gʻoyalar taʼsiriga berilmasligi, jinoyatchilikning salbiy holatlari haqida hayotiy tajribasi orqali misollar bilan tushuntirib oʻtdi.


Tadbir davomida soʻzga chiqqan talaba-yoshlar yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlardan samarali foydalanib, mamlakatimiz ravnaqi va taraqqiyotida sadoqat bilan xizmat qilishga vaʼda berdilar.

TATU matbuot xizmati