Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Teshabayev Toʻlqin Zakirovich talaba-yoshlar bilan ochiq muloqotlar oʻtkazmoqda.
Ochiq muloqotlarda har bir fakultet talabalari ishtirokini qamrab olish nazarda tutilgan. Uchrashuvlar 26-yanvardan 10-mart kuniga qadar oʻtkazilishi belgilangan.
Ochiq muloqotlar oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad - talabalarda mavjud muammolarni aniqlash, ularga atroflicha yordam berish hamda oʻquv jarayoni davomida uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklar ijobiy hal etish hisoblanadi.
Uchrashuvlarda talabalar tomonidan berilayotgan taklif va tavsiyalar ham oʻrganib chiqilmoqda.
TATU matbuot xizmati