“Teleradioeshittirish tizimlari” kafedrasida talabalarni bitiruv oldi amaliyotiga yo‘naltirish borasida soxa korxonalari bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda

  • Asosiy
  • “Teleradioeshittirish tizimlari” kafedrasida talabalarni bitiruv oldi amaliyotiga yo‘naltirish borasida soxa korxonalari bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Telekommunikatsiya fakulteti “Teleradioeshittirish tizimlari” kafedrasida talabalarni bitiruv oldi amaliyotiga yo‘naltirish borasida soha korxonalari bilan uchrashuv tashkil qilish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu reja doirasida “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar koxonasi vakillari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbatda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining boshliq o‘rinbosari Avaz Xashimxodjayev va “Texnik radionazorat stansiyasi” boshlig‘i Anvar Kadirovlar ishtirok etidlar.

Suhbat davomida “EMMM” DUK haqida, uning hududiy filiallari va amalga oshiriladigan ishlar, har bir bo‘limning vazifalari, radiochastota resurslarini nazorat qilish, foydalanishga ruxsat berish, bitiruvchi talabalar va ularni ishlab chiqarishga yo‘naltirish yuzasidan A.Xashimxodjayev va A.Qadirov lar tegishli ma’lumotlar berdilar.

Ushbu davra suhbati kafedra o‘qituvchilari: Alisher Shaxobiddinov va Vladislav Gubenko lar tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, maqsad talabalarning o‘quv amaliyotini tashkil qilish va ularni ishga taqsimlash borasida amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish edi. Suhbatda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK va uning hududiy filiallarida amaliyot o‘tash istagini bildirgan 17 nafar talabalar ishtirok etdilar.