Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Ipoteka-bank” ATIB, O‘zMTRK O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikda “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli respublika tanlovi tashkil qilinmoqda.
✅ Tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalari, magistratura va doktorantura tadqiqotchilari quyidagi yo‘nalishlarda ishtirok etishlari mumkin:
👉ajdodlar merosini o‘rganish va targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv;
👉oliy ta’limda sifatli bilim olishdan talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari;
👉yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari.
Tanlov yiliga ikki marotaba, yanvar-mart va sentabr-noyabr oylari davomida to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣ - bosqich – fakultet bosqichi (20-yanvar va 20-sentabrga qadar);
2️⃣ - bosqich – OTM bosqichi (20-fevral va 20-oktabrga qadar);
3️⃣ - bosqich – hududiy bosqich (5-mart va 5-noyabrga qadar);
4️⃣ - bosqich – respublika yakuniy bosqichi (20-mart va 20-noyabrga qadar) o‘tkaziladi.
📹Tanlov ishtirokchilari tayyorlagan maqola, videorolik ko‘rinishidagi ijodiy ishlarini onlayn platforma orqali taqdim etadilar.
❗️Ijodiy ishlar @vuz24bot manziliga, ishtirokchining ism-familiyasi va o‘qish joyi yozilgan holda yuboriladi. Barcha qabul qilingan ijodiy ishlar @talaba_vuz sahifasiga joylanib boriladi.
Tanlov ishtirokchilarining taqdim etgan loyihalari har bir yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislardan tuzilgan Hakamlar hay’ati tomonidan 100 ballik tizimda baholanadi.
Tanlov g‘oliblari diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.