


Uch avlod uchrashuvi” TATUda bo‘lib o‘tdi
🛡 “Televizion va media texnologiyalar” kafedrasi tashabbusi bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
👥Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor D.Yaxshibayev ochib berdi. Tadbirda S.Sagdiyev va J.Modullayev TATU akademik litseyi o‘quvchilariga universitetda talabalar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida ma’lumot berib o‘tdilar.
📌 Uchrashuv davomida Televizion va media texnologiyalar kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Ibodullayev tomonidan “3D modellashtirish va virtual reallik” mavzusida master-klass o‘tkazildi.
💡 Tadbir yakunida TATU akademik litseyi iqtidorli o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan startap loyihalari ko‘rib chiqildi. Kafedra mudiri F.Nuraliyev va kafedra professori A.Muxamadiyev startap loyihalarni kelgusida hamkorlikda rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdilar va takliflar berdilar.