Qarshi filiali talaba-yoshlari hamda harbiy faxriylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi

  • Asosiy
  • Qarshi filiali talaba-yoshlari hamda harbiy faxriylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talaba-yoshlari hamda harbiy faxriylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning madaniyat saroyida o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi” unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

Qarshi harbiy prokuraturasi xodimlari, okrug mas’ul ofitserlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talaba-yoshlari, muddatli harbiy xizmatchilar, serjantlar va faxriy harbiylar ishtirokida kechgan suhbatlar barcha uchun birdek foydali va unutilmas bo‘ldi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar okrug shonli tarixi muzeyi bilan tanishib chiqdilar. Maskandagi mavjud harbiy aslaha va ma’lumotlar talabalar bilimini yanada boyishida hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun xizmat qiladi.