"Ucell" aloqa operatori tomonidan tashkil qilingan o'quv xonasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • "Ucell" aloqa operatori tomonidan tashkil qilingan o'quv xonasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Kuni kecha, 17-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talaba-yoshlarga sharoitlar yaratish maqsadida "Ucell" aloqa operatori tomonidan tashkil qilingan o‘quv xonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🟣Yangi hi-tech uslubidagi o‘quv xonasi 96 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, 100 dyumli sensorli ekran, o‘qituvchi uchun interaktiv minbar va kuchli akustik tizim kabi eng zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan.

🎉Ochilish marosimi Ucell aloqa operatori rahbarlari va TATU rektori Maxkamov Baxtiyor boshchiligida bo‘lib o‘tdi.