🟢"Turonbank" aksiyadorlik tijorat banki bilan memorandum imzolandi.
💻Bugun, 19-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining boshqaruv raisi Ch.Mirzayev tashrif buyurdi.
✔️Tashrifdan asosiy maqsad ishlab chiqarish, ilm-fan va ta’lim o‘rtasida integratsiyani chuqurlashtirish hamda “yashil iqtisodiyot” va resurs tejamkor texnologiyalar bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish va rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashish, universitetning soha yo‘nalishlariga mos fakultet hamda kafedralari qoshida oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion-korporativ hamkorlik guruhlarini shakllantirishga kelishib olindi.
➡️Shu bilan birga, universitetga eng yuqori ballar bilan qabul qilingan 6 nafar iqtidorli yoshlariga “Turonbank stipendiyasi” loyihasi boʼyicha sertifikatlari topshirildi. Uchrashuv davomida universitetning barcha hududiy filiallaridan “Turonbank stipendiyasi” loyihasi boʼyicha nomzodlar taqdim etilishi toʼgʼrisida taklif kiritildi va “Turonbank” aktsiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi bu taklifni qoʼllab quvvatladi.