Turkmanistonning Gumanitar fanlar va taraqqiyot xalqaro universiteti oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun xalqaro iqtisodiy onlayn olimpiada tashkil etilmoqda.

  • Asosiy
  • Turkmanistonning Gumanitar fanlar va taraqqiyot xalqaro universiteti oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun xalqaro iqtisodiy onlayn olimpiada tashkil etilmoqda.

Olimpiada 2024-yilning 21-23-noyabr kunlari oʻtkaziladi.

Olimpiadaning asosiy maqsadi oliy oʻquv yurtlari talabalari va oʻqituvchilari oʻrtasida doʻstona aloqalarni mustahkamlash, ilmiy va amaliy tajriba almashish hamda ilmiy muammolarni muhokama qilish va yosh mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

✅ Qatnashuv kategoriyalar:

✅ Kategoriya A: barcha yoʻnalishlarda tahsil olayotgan talabalar

❌ Kategoriya B: iqtisodiyot, moliya, menejment va iqtisod yoʻnalishlarida oʻqimaydigan talabalar

Rasmiy tillar: ingliz, rus va turkman.

🔺 Roʻyxatdan oʻtish: 2024-yilning 1-oktyabridan 15-noyabrigacha boʻlib o‘tadi. Batafsil ma’lumot va roʻyxatdan oʻtish uchun
havola (https://iuhd.edu.tm/competitions)

🎓 Qatnashing, bilimlaringizni sinab koʻring va yangi professional aloqalar oʻrnating!

📌 Murojaat uchun:
C bino 214 A xona Iqtidorli talabalar bo‘limi.