Joriy yilning 27-apreldan 1-may kuniga qаdаr Turkiyaning Istanbul shahrida "Texnofest" festivali bo'lib o'tmoqda.

  • Asosiy
  • Joriy yilning 27-apreldan 1-may kuniga qаdаr Turkiyaning Istanbul shahrida "Texnofest" festivali bo'lib o'tmoqda.

Joriy yilning 27-apreldan 1-may kuniga qаdаr Turkiyaning Istanbul shahrida "Texnofest" festivali bo'lib o'tmoqda.

Ushbu festivalda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yosh olimi Begmatov Shoxrux Abduvaxob o‘g‘li va talabamiz Saydiakbarov Saidakmal Muzaffar o‘g‘li ham "Favqulotda vaziyatlarda qo’llaniluvchi robot"i bilan O'zbekiston vakillari qatoridan joy olgan.

Bugun koʻrgazmaning birinchi kuni bo'lib o'tdi. Dastlabki kunning o'zida Havelsan-Turkiyaning mudofaa va axborot sohalarida faoliyat yuritadigan elektron uskunalar va dasturiy ta'minot kompaniyasi hamda Tubitak Sage instituti bilan hamkorlik aloqalari o'rnatildi.

Ma'lumot uchun: Texnofest festivali quyidagi yo'nalishlarni qamrab olgan:

🟢Kichik sun'iy yo'ldoshlar;
🟢Uchuvchisiz uchish qurilmalar;
🟢Aerokosmik texnologiyalar;
🟢 Aviatsiya vа kosmonavtika ;
🟢Sohalaridagi texnologiyalar;
🟢 Наrbiу sohadagi zamonaviy texnologiyalar;
🟢Favqulotda vaziyatlarda foydalaniladigаn zamonaviy texnologiyalаr;
🟢Muqobil energiya asoslangan texnologiyalar.