Turkiyaning Istanbul shahrida Oʻzbekiston va Turkiya Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda.

  • Asosiy
  • Turkiyaning Istanbul shahrida Oʻzbekiston va Turkiya Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda.

🖋 Mazkur forum doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Turkiya davlatining Firat universiteti o‘rtasida professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini tashkil etish, o‘zaro o‘quv hamda seminarlar tashkil etish, birgalikda ta’lim sifatini oshirish, stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutgan hamkorlik shartnomalar imzolandi.

🗒 Ma’lumot uchun:
Fırat Universiteti — davlat universiteti bo‘lib, Turkiyaning Elazig shahrida joylashgan. 1975 yilda tashkil etilgan va nomi Elazig yaqinidagi Furot daryosiga atab qo‘yilgan. Universitet sharqiy Turkiyaning asosiy akademik muassasalaridan biri bo‘lib, 12 ta fakultet, 4 ta institut, davlat konservatoriyasi, 3 ta kasb-hunar maktabi va 21 ta ilmiy tadqiqot markaziga ega. Universitet ilmiy va texnologik taraqqiyotga katta eʼtibor beradi.