Joriy yilning, 23-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va Italiyaning Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

  • Asosiy
  • Joriy yilning, 23-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va Italiyaning Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Joriy yilning, 23-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va Italiyaning Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuvda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Italiyaning Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) o‘rtasida akademik va ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlik dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, startap va innovatsion ekotizimni rivojlantirishda hamkorlik chora-tadbirlari amalga oshirish maqsadida memorandum imzolandi.
Shuningdek, imzolangan memorandumga asosan universitetlar quyidagi sohalarda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Xususan:
- bakalavr hamda magistrantlarning mehnat bozori toʻgʻrisida chuqur bilimga ega boʻlish imkoniyatini yaratish maqsadida ularning akademik-kasbiy tayyorgarligini qoʻllab-quvvatlash;
- kompyuter injiniringi, elektrotexnika va dasturiy injiniringi sohasida doktorantura uchun kvotalar ajratish;
- turli mahalliy hamda xalqaro darajadagi ilmiy-texnikaviy tadbirlar, konferensiyalarni birgalikda tashkil etish;
- bakalavrlar, magistrantlar, tadqiqotchilar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
- Ilmiy stajirovka dasturlarini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.