Joriy o‘quv yilining kuzgi semestridan boshlab TATUning Televizion Texnologiyalar fakultetida Korean University of Media Ars (KUMA) universiteti professori Mr. Park Insu talabalarga “Video editing” bo‘yicha dars berishni boshladi. Professor Park Insu 2019-yil 29-avgustdan 2020-yil 25-fevralgacha bo‘lgan muddat davomida o‘quv soatlari, talabalar bilan master-klasslar, bitiruv ishlari va magistrlar bilan ishlar olib borishni reja qilgan.
Ma'lumot o‘rnida aytish kerakki, «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida 2018-yil 22-fevralda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) va Korean University of Media Ars (KUMA) universtetlari o‘rtasida memorandum imzolangan.
Memorandum asosida 2018-yil 8-21 avgust kunlari Televizion Texnologiyalar fakultetining 4 nafar professor-o‘qituvchilari – A.Muxamadiev, B.Bazarbaev, E.Hasanova va F.Saidovlar KUMA universtetida malaka oshirishda bo‘lishdi va ushbu universitet sertifikatini olishdi. Malaka oshirish kurslari o‘tish vaqtida KUMA universiteti prezidenti Mr. Yoo, Jae-Won bilan muloqot vaqtida universitetlarimiz o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirib, qo‘shma yo‘nalishlar va fakultetlar tashkil etish taklifi ham kiritilgan edi. Bugungi kunga kelib esa, mana shu kelishuvlar o‘zining ilk natijalarini bermoqda.
TATU matbuot xizmati