Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ozarbayjonning ADA universiteti, Elektrotexnika va elektronika muhandislari instituti (IEEE) hamkorlikda “XIV IEEE Axborot kommunikatsiya texnologiyalari tatbiqi xalqaro konferensiyasi”ni o‘tkazilmoqda.
Konferensiyaning ochilish marosimida TATUning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektori Komil Axmatovich Tashev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
Anʼanaviy tarzda tashkil etilishi rejalashtirilgan xalqaro konferensiya tashkilotchilar tomonidan onlayn formatda o‘tkazishga kelishildi.
“AICT2020” xalqaro konferensiyasidan ko‘zlangan asosiy maqsad – bugungi kunda jamiyatning barcha jabhalarida axborot texnologiyalarini qo‘llashning rolini yana-da oshirish, tadbirkorlar, tadqiqotchilar, olimlar, dasturiy taʼminotlar bilan ishlovchi mutaxassislar, sanoat texnologiyalari bilan faoliyat yuritayotgan muhandislarni bir platformaga yig‘ish va ularning fikr mulohazalarini, takliflarini o‘rganish hisoblanadi. Xalqaro konferensiyaning maqsadidan kelib chiqib, tadqiqotchilar va amaliyotchilar ishlab chiqarishda, sanoatda, iqtisodiy sohadagi masalalar va muammolarni yangi innovatsion texnologiyalarga asoslangan ilmiy asoslangan biznes modellari va yechimlarini taklif etadilar. Tadqiqotchilar tomonidan taklif etilayotgan yechimlar xalqaro mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilishi va uning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan fikr almashiniladi.
Konferensiyada 20dan ortiq mamlakat olimlari 100dan ortiq ilmiy maqolalari bilan ishtirok etmoqda.
Jahoning yetuk salohiyatli mutaxassislari algoritmlar, malumotlar ilmi, dasturiy taminot injineriyasi, kiberxavfsizlik, telekommunikatsiya va tarmoq texnologiyalar, AKTning turli sohalarga tadbiqi kabi jami 12ta seksiyada onlayn taqdimotlari bilan ishtirok etmoqdalar.
Ushbu konferensiyaning yana bir oziga xosligi shundaki, konferensiya Muhammad al-Xorazmiyning ilmiy merosini organishga bagishlandi. Shu bois orta asrlar Sharqning yetuk allomalaridan biri bolgan Muhammad al-Xorazmiyning ilmiy merosi – matematika, astronomiya va zamonaviy axborot texnologiyalari sohalariga qo‘shgan tengsiz hissasi haqida xorijiy mutaxassislar tomonidan alohida eʼtirof etib o‘tildi.
Konferensiya 7-9 oktyabr kunlari o‘z ishini davom ettiradi.
TATU matbuot xizmati