💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti hamkorligida 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan qiymati 5 million AQSH dollariga teng “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grand loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.
🎓 Ushbu loyiha doirasida Living Lab Preparatory School - LLPS (FabLab) konsepsiyasi asosidagi talabalarning innovatsion yechimlari, ishlanma (prototip) va xizmatlarini ishlab chiqarish hamda rivojlantirishga qaratilgan dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur dasturning bu yilgi mavsumida universitetning 24 nafar iqtidorli talabalari jalb etilgan.