TUIT Digital Girls

Universitetimiz va uning hududiy filiallarining bakalavr, magistratura va doktoranturasida tahsil olayotgan talaba-qizlari diqqatiga!!!

🤗 Siz so‘ragan edingiz - Biz taqdim etamiz!

✅ Joriy yilning 20-24-may kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sovrin jamg‘armasi 50 mln. so‘m bo‘lgan "TUIT Digital Girls" xakatoni bo‘lib o‘tadi.

“TUIT Digital Girls” xakatoni – mamlakatimiz rivojlanishi uchun ustuvor boʻlgan sohalarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga ilmiy yechim izlab topishda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, hamda raqamli texnologiyalarni tadbiq etgan holda ularning yechimlarini taklif etishda ayollarning faol ishtirokini taʼminlash, yangi innovatsion IT mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqishlari uchun ularning tashabbuslari va takliflariga eʼtiborni yanada kuchaytirish maqsadida oʻtkaziladigan musobaqa.

🗒 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/EDuHZCgcypSdmReb9

📞 Murojaat uchun telefon:  (33) 573-22-31, (90) 425-23-46 (9:00 dan 18:00 gacha)

✈️ Musobaqa ishtirokchilari uchun telegram guruh: https://t.me/+jyMuqeJjviY5Yjli

Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=BZSQh02_prI

TUIT Digital Girls
“TUIT Digital Girls” TURNIRI NIZOMI Yuklab olish