"TUIT Bright Future Week" tanlovlar haftaligi doirasida "United Clean Coders" Hakatoni bo‘lib o‘tadi.

  • Asosiy
  • "TUIT Bright Future Week" tanlovlar haftaligi doirasida "United Clean Coders" Hakatoni bo‘lib o‘tadi.

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2024-yil 21-23-may kunlari "TUIT Bright Future Week" tanlovlar haftaligi doirasida "United Clean Coders" Hakatoni  bo‘lib o‘tadi.

🇺🇿 Ushbu hakatonda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalari jamoa bo‘lib qatnashishlari mumkin. Har bir jamoada 3 nafar a’zo bo‘lishi va loyihalar github platformasida yaratilishi talab etiladi.

🪧 Hakaton o‘tkazish bosqichlari:
1-bosqich. Ishtirokchilar va jamolarni ro‘yhatdan o‘tkazish, 2024-yil 20-maygacha. Online ro‘yxatdan o‘tish ushbu havolaga o‘ting👇 (https://forms.gle/QgPLytPoGWY8zYrj6)
2-bosqich. Ishtirokchilar tekshiruv ro‘yhatini shakllantirish, jamoalar va g‘oyalar tanishuvi, 21-may (offline).
3-bosqich. Jamoalar tomonidan yaratilgan loyihalar MVP ko‘rinishi, yakuniy taqdimot va baholash.

🗒 Loyihalarni ishlab chiqish va baholashda "Clean code" tamoyillariga alohida e’tibor beriladi.

📍 Hakaton o‘tkazilish joyi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, E binosi, 202, 301, 205 va 207 xonalar.
➡️Mo‘ljal: Bodomzor metrosi.

📞 Murojaat uchun telefon:  +998 33 100 22 75 (9:00 dan 18:00 gacha)
Call markazi: (33) 573-22-31

💬 Savol-javoblar va guruh topish uchun: @ucc_hackathon_community ga qo‘shiling.