“Talabalar – mamlakatimiz kelajagi, ularni qo‘llab-quvvatlash esa sharafdir.”
Hurmatli TATU bitiruvchilari!
Universitetimizda tahsil olayotgan iqtidorli, mehnatkash, moddiy ko‘makka muhtoj va imkoniyati cheklangan talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun rasmiy va shaffof mexanizm — TUIT Alumni Jamg‘armasi tashkil etildi.
🗣Jamg‘arma orqali Siz:
⏺ Iqtidorli talabalar stipendiyalari va grantlariga hissa qo‘sha olasiz;
⏺ Og‘ir ijtimoiy holatga ega bo‘lgan talabalarga yordam ko‘rsata olasiz;
⏺ Talabalar turar joylarining sharoitlarini yaxshilashga hissa qo‘sha olasiz;
⏺ O‘quv laboratoriyalari, kutubxona va boshqa infratuzilmani modernizatsiya qilishga ko‘maklashasiz;
⏺ Startaplar, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlay olasiz.
✅
Jamg‘arma faoliyati
shaffoflik, ochiqlik va hisobdorlik
tamoyillari asosida boshqariladi.
Har bir yo‘naltirilgan mablag‘ bo‘yicha muntazam hisobotlar taqdim etiladi.
❓ Qanday qilib homiylik qilishingiz mumkin?
📞 Payme ilovasiga kiring
📡 Qidiruvga “TUIT Alumni” deb yozing
💳 Istalgan miqdorda xayriya o‘tkazing
➡️
Bugun qilingan yaxshilik — ertaga kimningdir taqdirini o‘zgartirishi mumkin.