Toshkentda “Digital.uz Chess Cup” turniri bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • Toshkentda “Digital.uz Chess Cup” turniri bo‘lib o‘tdi

Korporativ madaniyatni mustahkamlash, strategik fikrlashni rivojlantirish va IT-kompaniyalar xodimlari orasida intellektual sport turlarini ommalashtirish maqsadida bugun, 3 may kuni “Digital.uz Chess Cup” shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchilari – Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan.

♟ “Digital.uz Chess Cup” – IT mutaxassislari orasida eng yaxshi strateglarni aniqlashga qaratilgan yakka va jamoaviy bellashuvlardir. Turnir ishtirokchilari mantiqiy fikrlash, tezkor reaksiya va tahlil qilish qobiliyatini namoyon etdilar.

Ushbu tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlandilar:

1-o‘rin — Sirojiddin Masharipov. U MacBook Pro bilan taqdirlandi.
2-o‘rin — Jahongir Anasov. U Xiaomi Navee S65 elektrosamokatiga ega bo‘ldi.
3-o‘rin – Saidbek Qadamboev. U Samsung 65 televizori bilan mukofotlandi.

Jamoaviy natijalar:

1-o‘rin – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi. Ular asosiy sovrin — Dyson Purifier Cool TP07 havo tozalagichini qo‘lga kiritdilar.
2-o‘rin – “Passion School” jamoasi. Ularga DeLonghi ECAM avtomat qahvaqaynatgich berildi.
3-o‘rin – Beeline jamoasi. Ularni Samsung 65” aqlli televizor bilan taqdirlashdi.

♟Shaxmat – fikrlashni shakllantiradigan o‘yin. “Digital.uz Chess Cup” nafaqat sport bellashuvi, balki raqamli madaniyat rivojiga hissa qo‘shgan, IT jamoasini intellektual qadriyatlar va strategik yondashuv asosida birlashtirgan turnir bo‘ldi.