Toshkent shahridagi “Renessans Hall” majmuasida “GameFest-2026” xalqaro festivali yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda.

  • Asosiy
  • Toshkent shahridagi “Renessans Hall” majmuasida “GameFest-2026” xalqaro festivali yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkent shahridagi “Renessans Hall” majmuasida “GameFest-2026” xalqaro festivali yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda.

🌍 Mazkur nufuzli festival doirasida dunyoning 40 dan ortiq davlatlaridan o‘yin ishlab chiquvchilar, investorlar, nashriyotlar hamda gaming industriyasi mutaxassislari bir maydonda jam bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion loyihalar namoyish etildi.

💻 Festivalda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari faol ishtirok etmoqdalar.

🚀 Tadbir davomida talabalar gaming industriyasidagi zamonaviy tendensiyalar, o‘yin ishlab chiqish texnologiyalari, sun’iy intellekt, kibersport va IT sohasidagi innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.



🤝 Shuningdek, festival talaba-yoshlar uchun xalqaro ekspertlar bilan muloqot qilish, tajriba almashish hamda kelgusidagi startap va IT loyihalari uchun yangi g‘oyalar olishda muhim platforma vazifasini bajardi.

✨ “GameFest-2026” yoshlarning axborot texnologiyalari va raqamli industriya sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning innovatsion fikrlashi va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.