Toshkent raqamli iqtisodiyot va servis texnikumi o‘quvchilari TATUda

  • Asosiy
  • Toshkent raqamli iqtisodiyot va servis texnikumi o‘quvchilari TATUda

Toshkent raqamli iqtisodiyot va servis texnikumi o‘quvchilari TATUda

2026-yil 12-oktabr kuni OTM–texnikum integratsiyasi doirasida TATUda “Open Days” tadbiri tashkil etildi. Unda Toshkent raqamli iqtisodiyot va servis texnikumining 50 nafar o‘quvchisi ishtirok etdi.

💻 O‘quvchilar universitetning faoliyati, tarixi, ilmiy salohiyati va xalqaro hamkorliklari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Shuningdek, zamonaviy laboratoriyalar, innovatsion Axborot resurs markazi va ilmiy markazlarga ekskursiya tashkil etildi. Ayniqsa, sun’iy intellekt, TUIT Drone Racing, virtual reallik va 3D modellashtirish laboratoriyalari yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🚀 Tadbir o‘quvchilarga universitet muhiti, zamonaviy ta’lim imkoniyatlari va IT sohasidagi kelajak kasblari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.