Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasidagi hamkorlik amalda!

  • Asosiy
  • Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasidagi hamkorlik amalda!



🔺 Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi ijrosini ta’minlash, shuningdek, 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda joriy yil 7-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida universitet hududida muhim profilaktik tadbir tashkil etildi.

✈️ Tadbir davomida Toshkent davlat tibbiyot universitetining 20 ta yo‘nalishi bo‘yicha malakali shifokorlari tomonidan:

  ◾️ professor-o‘qituvchilar
  ◾️ ishchi-xodimlar
  ◾️ universitetga yondosh Xiyobon-tepa va Bodomzor mahallalari fuqarolari uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilmoqda.


➡️ Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi:

🟢 salomatlik holatini muntazam nazorat qilish
🟢 kasalliklarni erta aniqlash
🟢 sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish
🟢 aholiga malakali tibbiy maslahatlar berish

✈️  Ko‘rik jarayonida fuqarolarga umumiy tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilib, zarur tavsiyalar hamda mutaxassislar maslahatlari taqdim etilmoqda.

🔺 Bunday hamkorlikdagi amaliy tadbirlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, sog‘lom muhitni qaror toptirish hamda jamiyat farovonligiga xizmat qiladi.

➡️Tadbirlar belgilangan reja asosida davom etmoqda.