Ushbu jadvallarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021-yilda bir nechta mezonlar asosida o‘tkazilgan oliy ta’lim muassalarining reytingida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining natijalarini ko‘rib o‘tish mumkin.
📂TATU Scopus bazasiga ko‘ra professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalari soni bo‘yicha (313 ta) 2-o‘rinni, umumiy hisobda esa 5-o‘rinni egallagan.
📈OTM professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari asosida olingan mablag‘lari ko‘rsatkichi (mlrd. so‘m) bo‘yicha eng ko‘p mablag‘ ishlab topgan OTMlar top uchtaligidan (3-o‘rin) joy egallaganini ko‘rish mumkin.
🎓Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish hamda ilmiy unvonlar olish ko‘rsatkichi bo‘yicha 4-o‘rinni (83 ta), nufuzli xorijiy oliygohlarning PhD yoki DcS ilmiy darajasini olgan professor-o‘qituvchilar eng ko‘p bo‘lgan milliy OTMlar top beshligida 3-o‘rinni (43ta) egallagan.
🏛Oliy ta’lim muassasalari filiallarining 23 talik reytingida TATUning Urganch filiali ikkinchi (56.19), Samarqand filiali uchinchi, Nukus filiali oltinchi, Farg‘ona filiali sakkizinchi, Qarshi filiali esa o‘n birinchi o‘rindan joy olib, TATU salohiyati bo‘yicha yetakchi universitetlardan biri ekanligini ko‘rsatib turibdi.