Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Hindistonning Acharya Instituti delegatsiyasi tashrif buyurdi

  • Asosiy
  • Qabul natijalari
  • Yangiliklar
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Hindistonning Acharya Instituti delegatsiyasi tashrif buyurdi
 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Hindistonning Acharya Instituti delegatsiyasi tashrif buyurdi
 
🏛Bugun Hindistonning Acharya Instituti direktori Vishesh Chandrashekar va Xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktor yordamchisi Saubhik Kumar Dey TATUga tashrif buyurdilar. Uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Tashev va Xaqlaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i J.Sultanov ishtirok etdilar.
 
✅Uchrashuv har ikki universitetlar haqida tanishtiruv va tomonlarning qiziqtirgan savollari muhokamasi bilan boshlandi. Xususan, har ikki tomon uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlar sifatida inkubatsiya markazlari faoliyatini samarali tashkil qilish, talabalar startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda venchur kapital masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 
📌Uchrashuv so‘ngida universitetlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha harakatlarni boshlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida amaliy ishlarni tashkil etish mexanizmlarini belgilab olishga kelishildi.