Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Tojikistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi!

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Tojikistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi!

 

 


🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Tojikistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi!

🤝 O‘zbekiston–Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari III forumi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Tojikistonning bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida muhim hamkorlik kelishuvlari imzolandi.

📑 Jumladan, quyidagi oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi:
🔴 Xo‘jand davlat universiteti;
🔴 Boxtar davlat universiteti;
🔴 Tojikiston davlat savdo universiteti;
🔴 Tojikiston davlat texnika universiteti;
🔴 Tojikiston innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar universiteti.

🎓 Shuningdek, Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti bilan 3+1 qo‘shma ta’lim dasturini nazarda tutuvchi hamkorlik shartnomasi imzolandi.

🌍 Mazkur kelishuvlar universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, xalqaro talabalar sonini oshirish hamda oliygohning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.