TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI TALABALARI UCHUN IMKONIYAT!

  • Asosiy
  • TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI TALABALARI UCHUN IMKONIYAT!

Hurmatli TATU talabalari! Sizlarga ajoyib imkoniyat — AI Boostcamp dasturida bepul ishtirok etish taklif etiladi.

🗣Dastur haqida qisqacha:
2 haftalik intensiv ta’lim, saralash bosqichi va jamoada AI-agent prototipi yaratish sprinti sizni kutmoqda. Dastur onlayn tarzda boshlanadi va yakuniy bosqichi (final) offlayn shaklda o‘tkaziladi.

📆 Muhim sanalar:
• 2025-yil 10-noyabr — ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni;
• 2025-yil 23-noyabr, soat 23:59 — saralash vazifasini topshirish muddati;
• 2025-yil 4-dekabr — saralash natijalari e’lon qilinadi;
• 2025-yil 18-dekabr — jamoaviy prototip tayyorlash yakunlanadi;
• 2025-yil 19-dekabr — “face-to-face” final bosqichi.

❓ Kimlar uchun mos:
• IT, axborot tizimlari, kompyuter injiniringi, ma’lumotlar tahlili yoki sun’iy intellekt yo‘nalishidagi talabalar;
• Bakalavr, mutaxassislik yoki magistratura bosqichida o‘qiyotganlar;
• Jamoada ishlashga, yangi texnologiyalarni o‘rganishga qiziquvchilar.

📧Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havola orqali formani to‘ldiring:
👉 https://ai.boostcamp.k2neuro.tech/

❕Shoshiling! Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — nufuzli AI loyihada ishtirok etish va rezümeyingizga kuchli tajriba qo‘shish imkoniyati sizni kutmoqda!