Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali va Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Kiberxavfsizlik laboratoriyasi” ochildi.

  • Asosiy
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali va Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Kiberxavfsizlik laboratoriyasi” ochildi.

Ushbu laboratoriya zamonaviy texnologiyalar va kompyuterlar bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda amaliyotchilar uchun yotoqxona ham tashkil etilgan.

Laboratoriyada saralab olingan talabalar yil davomida dual ta’lim asosida pulli amaliyot o‘tashadi. Hozirda Filialning 5 nafar bitiruvchisi rasman mehnat faoliyatini olib bormoqda. Bundan tashqari, 10 nafar saralangan talaba o‘qishdan tashqari vaqtlarda haq to‘lanadigan amaliyot o‘tamoqda.