Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kibersport bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa g‘olibi bo‘ldi

  • Asosiy
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kibersport bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa g‘olibi bo‘ldi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kibersport bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa g‘olibi bo‘ldi

Kuni kecha “NEXT” savdo markazida O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi (UCA) tashabbusi bilan Xitoyning “Tencent” hamda “Infinix Mobile” kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan Toshkent va Toshkent viloyatidagi 52 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari o‘rtasidagi “HoK Uzbekistan University Challengers Cup” kibersport musobaqasining final o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Final bosqichida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “TATU” jamoasi bir qancha universitetlarning birlashmasidan tuzilgan “SS SPOT” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, O‘zbekiston chempioniga aylanishdi.

Final g‘oliblari chempionlik kubogi, pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alaridan tashqari sovrin jamg‘armasi 230000$ ni tashkil etuvchi “Honor of Kings Open Series 2024 Split 1” xalqaro musobaqasida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.