Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yetakchi xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlik bitimini imzoladi

  • Asosiy
  • Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yetakchi xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlik bitimini imzoladi

27-fevral kuni “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish dasturi doirasida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Times Higher Education xalqaro reyting agentligi va Elsevier kompaniyasi bilan uch yilga moʻljallangan hamkorlik bitimini imzoladi.

Imzolangan bitimga koʻra vazirlik Times Higher Education bilan yurtimizdagi OTMlarning jahon ilm-fanidagi mavqeini mustahkamlash, taʼlim bozorida raqobatbardoshligini oshirish, qolaversa, dunyoning yetakchi ilmiy-taʼlim markazlari, nufuzli universitetlarning xalqaro reytingiga kiritish yoʻlida birgalikda harakat qiladi.


Kelishuv doirasida vazirlik respublikadagi eng yaxshi universitetlar rektorlari va prorektorlaridan iborat Times Higher Education ekspertlari bilan birgalikda ishlaydigan ishchi guruhni shakllantiradi. Shuningdek, jahonga mashhur Elsevier nashriyot uyi bilan SciVal axborot-tahliliy portali maʼlumotlaridan foydalanish boʻyicha Bitim imzoladi. Mazkur kelishuv respublika OTMlariga nufuzli xalqaro ilmiy axborotlar manbasidan foydalanish, ilmiy tadqiqotlar sohasida samaradorlikni oshirish, pirovarda universitetlarning xalqaro global reytingiga kirish imkonini beradi.