O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligini munosabati bilan TATUda “Til – dil gavhari” nomli tadbir o‘tkazildi

  • Asosiy
  • O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligini munosabati bilan TATUda “Til – dil gavhari” nomli tadbir o‘tkazildi

Til – insonga in’om etilgan buyuk ne’mat! U xalq tarixi, ruhiyati, o‘zligini ifodalaydi. Binobarin, betakror madaniy-ma’rifiy boyliklar, asriy qadriyatlar shu tushunchaga payvandlanadi. Dunyoda tillar ko‘p, lekin har bir xalq uchun o‘z tili aziz va muqaddas, davlat tili – milliy mustaqillik muqaddas timsoli, jamiyat ko‘zgusi va davlat ramzi sanaladi.

Joriy yilning 21-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019-yil 4-oktyabrda imzolagan “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Til – dil gavhari” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Universitetning professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi. Tadbirda universitet talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan badiiy-adabiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat universitetidan kelgan talabalar ham tadbirga ko‘tarinki ruh berishdi.


Tadbir davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti matbuot xizmati qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining o‘ttiz yilligi munosabati bilan e’lon qilgan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida blogpostlar tanlovinining g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Tanlovni o‘tkazishdan maqsad - 2019-yil 21-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganiga o‘ttiz yil to‘lishi hamda yosh-avlod o‘rtasida ona tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, milliy til millatning ruhi ekanligini yetishib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish, milliy tilimizning ravnaqini yana-da yuksaltirishdir.

Ushbu tanlovda TATU va uning filiallaridan bir qancha talabalar ishtirok etdi.

Tanlovda birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rin g‘oliblari aniqlanib, birinchi o‘rinni yegallagan ishtirokchiga 500 ming, ikkinchi o‘rinni yegallagan ishtirokchiga 300 ming, uchinchi o‘rinni egallagan ishtirokchiga 200 ming so‘m pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Blogpostlar tanlovi g‘oliblari:

  • 1- o‘rin. Saynumonov Abdullajon (Axborot xavfsizligi fakulteti, 4-bosqich talabasi);
  • 2- o‘rin. Aralov Shohruxbek (TATU Samarqand filiali, Kompyuter injiniringgi 3-bosqich talabasi);
  • 3- o‘rin. Rustamov Bektosh (Televizion texnologiyalari fakulteti, 2-bosqich talabasi).


TATU matbuot xizmati