Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari uchun tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari uchun tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari uchun tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.

Universitet rahbariyati tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda kasalliklarning erta profilaktikasini amalga oshirish maqsadida mazkur tibbiy ko‘rik bepul tashkil etilmoqda.

🇺🇿 Mazkur tibbiy ko‘rik muhtaram Prezidentimiz tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, aholini ommaviy sportga jalb etish hamda sog‘lom avlodni shakllantirish borasida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.



Tibbiy ko‘rik davomida professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarning salomatlik holatini nazorat qilish hamda sog‘lom turmush tarziga oid tavsiyalar berilishi rejalashtirilgan.

Tibbiy ko‘rik 2026-yil 12-may kuni quyidagi jadval asosida o‘tkaziladi:
09:30 — Kompyuter injiniringi fakulteti;
10:10 — Dasturiy injiniring fakulteti
10:50 — AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti
11:30 — Kiberxavfsizlik fakulteti
12:10 — Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti
12:50 — Televizion texnologiyalar fakulteti
13:30 — Radio va mobil aloqa fakulteti
14:10 — AKT sohasida kasb ta’limi fakulteti
14:30 — Boshqarma, bo‘lim, markaz xodimlari
Manzil: Tibbiy ko‘rik TATU 1-sport zalida bo‘lib o‘tadi.

Barcha professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarni mazkur tibbiy ko‘rikda faol ishtirok etishga chorlaymiz!