Janubiy Koreyaning nufuzli Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan talabalar almashinuvi dasturi (Student Mobility Program) 2026-yil kuzgi semestri uchun arizalar qabul qilinayotganini e’lon qiladi!
🗓 Dastur davomiyligi: 2026-yil 31-avgust – 2026-yil 18-dekabr.
📌 Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Quyidagi talablarga javob beradigan TUIT talabalari ariza topshirishlari mumkin:
• GPA talabi: 4.5 tizimda kamida 2.75 (yoki 100 ballik tizimda 80 ballga teng).
• Til sertifikati: IELTS 5.5 yoki undan yuqori (yoki TOEFL iBT 71+, Duolingo 90+).
✅ Dastur imkoniyatlari:
Dastur doirasida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
• Xalqaro darajadagi akademik ta’lim.
• Madaniy almashinuv tajribasi.
• Shaxsiy va professional rivojlanish.
• Xalqaro talabalar bilan networking imkoniyati.
🖥 Ariza topshirish:
https://forms.gle/LDgVWspgf4ggT4Za8
🚩 Ariza topshirish muddati: 2026-yil 22-mart.
ℹ️ Batafsil ma’lumot:
https://drive.google.com/file/d/1sgOct25jm0l9C8ocwQQ0U6IBY1F2ukFk/view?usp=sharing
O‘zbekiston va TUITni xalqaro maydonda munosib tarzda namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🚀