TATU Nukus filiali talabasi "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafonida 3-o‘rin sohibi bo‘ldi
"InnoWeek-2022" innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafoni o‘tkazildi.
Ushbu marafonga jami 41 ta iqtidorli yoshlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari bilan ishtirok etdilar va 3 nafar eng yaxshi loyiha egalariga eng so‘ngi rusumdagi noutbuk va 3D printerlar sovg‘a qilindi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali talabasi Niyetbaev Shingiz ushbu innovatsion ko‘rgazmada faol ishtirok etib, o‘zi yaratgan "Aqilli dori qutisi" loyihasi bilan 3-o‘rin sohibi bo‘ldi. Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan diplom va 3D Printer bilan mukofotlandi.