1 avgust kuni bo‘lib o'tgan test sinovlari natijalari haqida

  • Asosiy
  • 1 avgust kuni bo‘lib o'tgan test sinovlari natijalari haqida

Biroz oldin, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2017/2018 o'quv yilida qabul jarayonlarida test sinovlarini o'tkazish joylarida biometrik va pasport ma'lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish va boshqarish tizimini respublikada birinchi marta tadbiq etilayotgani to'g'risida xabar bergan edik.

Biometrik pasport ma'lumotlari va barmoq izlari skaneri tekshiruvi asosida abituriyentlarning ma'lumotlar bazasini yaratilishi va jarayonning avtomatlashtirilishi imtihonni nazorat qilish va boshqarish tiziminini osonlashtirishga erishildi.

Bu tizim test sinovlarini o'tkazishda oshkoralik va shaffofligini ta'minlash – kirish imtihonlar o'tadigan hududlarda begona shaxslar hozir bo‘lishining oldini oldi va natijada korrupsiyaga qarshi mexanizmlar amalga oshirildi.

Joriy yilning 5 iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakultetiga test sinovlarini o'tkazish jarayonida yuqorida aytib o‘tilgan tizim o'z samarasini ko'rsatdi, ya'ni universitet Maxsus fakultetining 450 nafar abituriyenti uchun test imtihonlari o‘tkazildi.

Biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi asosida «Zaychik» abituriyentlar aniqlandi.

Xalq orasida «Zaychik» deya ataluvchi abituriyentlar «biometrik tizimni aldayman» degan umidda harbiylar formasini kiyishga ham muyassar bo‘lgan, natijada esa 16 ta «zaychik» qopqonga tushgan. 100 dan ortiq mobil aloqa vositalari aniqlanib, test jarayoniga kiritilmagan.

Diplom muqovasi ichiga konspiratsiya – ya’ni yashirilgan telefonlar ham aniqlangan.

Yuqorida qayd etilgan amaliy ishlar natijasida 1 avgust kuni mini aloqa vositalari ham aniqlashga erishildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2017/2018 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari INTV internet telekanali a’zolari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitetning facebook sahifasida to‘liq yoritilib borishga e’rishildi.

Joriy yilda 1 avgust test sinovlari jarayonini to‘liq yoritish, unda abituriyentlarning joriy qilingan tizim orqali binolarga kirishini ta’minlash, test sinovlari jarayonlarini shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida, respublikada faoliyat yuritayotgan yetakchi OAV (kun.uz, daryo.uz, gazeta.uz, Intv.uz, Darakchi.uz, korrespondent.uz, molodyoj Uzbekstana, Turkiston gazetasi) xodimlari taklif qilindi.

Shu bilan bir qatorda ota-onalar uchun xam maxsus kutish joylari tashkil etilib universitetning asosiy binosida olib borilayotgan testlar on-layn ravishda eksperement tariqasida namoyishi amalga oshirildi.

Joriy o‘quv yilida universitetga xujjat topshirib, 1 avgust test sinovlarida ishtirok etib belgilangan nizom talablarini buzganligi uchun 114 nafar abituriyent chetlashtirildi, 205 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi, ba’zi bir shaxslardan yordam kutib natijada javoblar varag‘ini to‘ldirmagan abituriyentlar soni 235 nafarni tashkil qildi.

Yuqorida aytib o‘tilgan barcha samarali ishlarning natijasi sifatida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 2017/2018 o‘quv yillari qabuli bo‘yicha test natijalari oldingi yillar ballariga nisbatan 40 baldan ortiq pasayishiga erishildi: Ma’lumotlar jadvalda keltirilgan.