Joriy yilning 29-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasining professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida “Testologiya va pedagogik o‘lchovlar nazariyasi” mavzusida London universiteti kolleji Ta’lim institutining pedagogika, o‘quv dasturlari va baholash yo‘nalishi mutaxassisi, testolog, hamda Toshkent shahridagi Webster universiteti o‘qituvchisi Djalilov Komil Kudratovichning mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Mahorat darsida, ta’lim sohasining baholash nazariyasi (testologiya, pedagogik o‘lchovlar) yo‘nalishidagi muammolari va ularni yechimlari o‘z aksini topdi.