➡️ Axborot ta’lim texnologiyalari kafedrasi tashabbusi bilan universitetning professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va magistrlari uchun Germaniyaning Chemnitz Universiteti professorlari Dr.Ariana Heller va Uranchimeg Tudevdagvalar ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
Mazkur seminar-trening oliy ta’limdagi xalqaro tendensiyalar, sun’iy intellekt tizimlarini o‘quv jarayoniga qo‘llash muammolari va yechimlariga bag‘ishlandi. Shuningdek, bugungi kunda raqamli jamiyatning ta’lim tizimiga qo‘ygan talablaridan biri bo‘lgan E-learning va unda ta’lim oluvchilarning bilimini baholash modellari hamda vositalari to‘g‘risida fikr almashildi.
🗒 Ushbu qiziqarli uchrashuv, taqdim etilgan taqdimotlar va qizg‘in muhokamalar natijasida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistrlarning ilmiy faoliyatlarini olib borishlari uchun foydali ma’lumotlarga hamda chet el tajribasiga ega bo‘lishdi.