27 may kuni universitetning Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti Telekommunikatsiya injineringi (teleradioeshittirish) mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishni yakunlagan magistrlarning ham dissertatsiyalari himoyalari boshlandi. Himoyani TATU o‘quv ishlari bo'yicha birinchi prorektori Bobomurodov Xurshid Maxmudovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Himoya davomida ko‘rilgan dissertatsiyalar mazmuni, yangiligi va ma’lum maqsadga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turibdi. Ayniqsa, shu kuni himoya qilgan magistrant Xamidov Xasan Abdumutalovichning "Частотно териториальный разнос RES LTE и RES других систем” mavzuidagi ilmiy ishini Unicon DUK korxonasida amaliyotga tadbiq etilganligi DAK a’zolari tomonidan yuqori baholandi.
Magistrlik dissertatsiyalari himoyalari davom etmoqda.