Avvallari telefonlar tugmachali bo‘ladimi yoki sensorlimi, deyarli barchasining batareykalari olinar edi. Bugungi kunning smartfon ishlab chiqaruvchilari esa nimagadir olinadigan batareykalardan voz kechyapti. Bunga nima sabab bo‘layotgani haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Ishlab chiqaruvchilar nima maqsadda olinadigan batareykalardan voz kechayotganining bir nechta sabablarini ko‘rib chiqdik va ularni sizlar bilan bo‘lishishga qaror qildik.
Ishlab chiqarishdagi amaliy yondashuv.
Qismlarga ajratib bo‘lmaydigan smartfon ichiga yana-da kattaroq sig‘imli batareykalarni joylashtirish mumkin. Shuningdek, ochilmaydigan orqa qopqoq telefon dizaynini yana-da chiroyli va mustahkam qiladi.
Bu ham bir biznes.
Avvallari ishdan chiqqan batareykalarni odamlarning o‘zi almashtirib olaverardi. Endilikda olinmaydigan batareykalarni almashtirish uchun ishlab chiqaruvchilarga murojaat qilish kerak. Bundan esa ular, albatta, qo‘shimcha daromad olishadi.
IP standartlariga muvofiq tarzda chang va namlikdan himoya qilish uchun.
Bugungi kunda telefonlar suv tomchisi va changdan ishonchli himoyalangan. Hattoki, ba’zi telefonlarni suv ostida ham ishlatish mumkin. Xullas, bir butun ustki qatlam tashqi ta’sirlardan himoyalanishga va gadjetimizni uzoqroq ishlatishimizga yordam beradi.
Absurd sabab.
Batareykasi olinmagan telefonlar o‘chirilganda ham to‘liq o‘chmagan bo‘ladi, bu sizni 24 soat davomida kuzatish imkonini beradi. Albatta, bu nazariya sizga fantastikadek tuyulishi mumkin. Lekin telefonlarga shunday narsa o‘rnatilishi haqiqat.