2017 yil 13-14 dekabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida TEIN-CAREN seminarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Seminarda 15 nafar xalqaro ekspertlar tomonidan telemeditsina, masofaviy ta’lim va tabiy ofatlar xavfini bartaraf etish yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro tajribalarga oid taqdimotlar qilindi.