Taʻziya

Ajoyib inson, barcha birdek sevgan ustoz, akademik BEKMURATOV TO‘LQIN FAYZIYEVICH  olamdan oʻtganligi munosabati bilan TATU maʻmuriyati marhumning oila-aʻzolariga, yaqinlariga chuqur taʻziya bildiradi.

Akademik TO‘LQIN FAYZIYEVICH butun umrini taʼlimga, ilm ulashishga bagʻishlagan haqiqiy jonkuyar ustoz, chin doʻst, mehnatsevar hamkasb, yaxshi maslahatchi sifatida hamma hurmat qilar edi. Oʻz sohasida juda sermahsul faoliyat olib borgan, sunʻiy intellekt texnologiyalari boʻyicha xalqaro ilm-fan sohasida katta mavqega ega olim edilar. Shuningdek,  TO‘LQIN FAYZIYEVICH qator darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, patentlar va maqolalar muallifidir.

Jonkuyar olim, mehribon ustoz, samimiy inson akademik TO‘LQIN FAYZIYEVICHning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

TATU maʻmuriyati