Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan hamda tegishli ish beruvchi vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar DIQQATIGA

  • Asosiy
  • Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan hamda tegishli ish beruvchi vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar DIQQATIGA

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 7 avgustdagi 2-son va 2020 yil 28 avgustdagi 3-son bayonlari qarorlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, 2020-2021 o‘quv yilida sirtqi ta’lim shakliga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan hamda tegishli ish beruvchi vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar bilan suhbat 2020 yil 3 oktyabr kuni o‘tkaziladi.
Tavsiyanoma asosida hujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbat Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport majmuasida 2020 yil 3 oktyabr kuni soat 10.00 da boshlanadi.
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 108-uy.
Murojaat uchun tel. 71-238-65-88
97-753-75-90

Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha suhbat asosida o‘qishga tavsiya etilganlar tomonidan taqdim etiladigan XUJJATLAR:

1. Pasport nusxasi 3 ta (asli ko‘rsatilgan holda);
2. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi hamda 2 tadan nusxasi;
3. 3,5 x 4,5 foto 8 ta (oq fonda, formada);
4. Tashkilot birinchi rahbari tomonidan berilgan tavsiyanoma;
5. To‘lov-shartnoma pulini to‘lab berish bo‘yicha tashkilot rahbaridan kafolat xati;
6. 5 yil ish stajini tasdiqlovchi xujjat;
7. Ish joyidan ma’lumotnoma;
8. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka dlya bumag, konvert: katta A5 va kichik A6);