Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezidentimiz!

  • Asosiy
  • Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezidentimiz!

Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 69 yoshni qarshi oldilar.

Muhtaram Prezidentimiz, mamlakatimiz taraqqiyoti, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda yoshlarimizning porloq kelajagi yo‘lida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohot va tashabbuslaringizni yuksak qadrlaymiz.

Tavallud ayyomingiz munosabati bilan Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.

Xalqimizning ishonchi va e’tirofi doimo Sizga madadkor bo‘lsin. Jonajon Vatanimizning tinchligi, ravnaqi va taraqqiyoti yanada yuksalib, O‘zbekistonning dunyodagi nufuzi tobora ortib borsin.

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!