💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining TTJ da yashovchi talaba-qizlari orasida turli xil jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni hamda psixoemotsional holatlarni oldini olishga qaratilgan ochiq davra suhbati o‘tkazildi.
📄 Suhbatda psixolog, tarbiyachi pedagog, profilaktika inspektori ishtirok etdilar. Unda zo‘ravonlik va uni oldini olish, zo‘ravonlikka uchragan shaxslarni reabilitatsiya qilish, tazyiq va zo‘ravonliklarga qarshi hukumat qaror va qonunlari haqida tushunchalar berildi.
✋Bundan tashqari ularda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik zo‘riqishlarni oldini olish maqsadida salbiy ijtimoiy va shaxsiy dasturlardan xalos bo‘lishga, shaxsning ichki ruhiy holatini yaxshilashga qaratilgan psixokorreksion usuldan foydalanildi, xolat yuzasidan tavsiyalar berildi.