Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Teleradioeshittirish tizimlari kafedrasi mudiri PhD., Berdiyev Alisher Alikulovich, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, hozirda Janubiy Koreyaning Gachon Universitetida ilmiy stajirovka o‘tamoqda.
World University Rankings 2025: 600-800th.
Stajirovka dasturiga binoan, tadiqotchi ushbu universitetda "RF engineering based on AI" yo‘nalishlari bo‘yicha sun’iy intellektga asoslangan model va algoritmlarni o‘rganish, ularni aloqa sohasida qo‘llash ustida eksperimental tajribalar o‘tkazish hamda kelajakda ushbu universitet bilan ilmiy va amaliy aloqalarni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilgan.
✍️ Ma’lumot uchun: Gachon univeristeti Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lib, THE va QS xalqaro reytinglarda TOP 800 talikda qayd etilgan.