TTJda yashovchi talaba-qizlar bilan o‘tkazilgan psixologik treningning asosiy mazmuni keskinlikni bartaraf etish va jamoani birlashtirish, oʻz-oʻzini anglashga qaratilgan psixotexnik mashqlardan tarkib topdi. Mashg‘ulotnining maqsadi, talabalarga oʻzlarining kuchli jihatlarini yaxshiroq anglashga, oʻz-oʻzini hurmat qilishni rivojlantirishga, ishonchsizlik va qoʻrquvni yengishga yordam berish, shu bilan bir qatorda, faoliyat davomida oʻzining xatti-harakatlarini muvaffaqiyatli tarzda toʻliq anglashga koʻmaklashishdan iborat bo‘ldi.