Navbatdagi tashrif Yaponiya ta’lim tizimida alohida mavqega ega GIFU KOSEN (National institute of technology) taʼlim muassasasiga amalga oshirildi.
Uchrashuv delegatsiyamizni iliq kutib olgan muassasa Prezidenti Itsuno Shinichiga filialimizning yangi kampusi va undagi jahon andozalari asosida talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni tanishtirishdan boshlandi.
Itsuno Shinichi janoblari tashrifdan juda mamnunligini bildirdi. Oʻzbekiston taʼlim dargohlari bilan hamkorlik, ayniqsa axborot texnologiyalari sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi boʻlgan TATUning filiallaridan biri boʻlgan Nurafshon filiali bilan hamkorlik ushbu sohada salmoqli natijalar berishini aytib oʻtdi. Uchrashuv davomidagi ikki tomonlama muzokaralardan soʻng Nurafshon filiali va GIFU Kosen oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishildi.
Ushbu hamkorlik orqali talabalarimiz va professor-oʻqituvchilarimizda Yaponiyadagi ushbu taʼlim muassasasida qisqa va uzoq muddatli bepul talabalar almashinuvi dasturlari va malaka oshirish kurslarida qatnashish imkoniyati yaratildi.