Joriy yilning 21-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida "Axborot tizimlari va texnologiyalari" hamda "Kompyuter injiniringi" yo‘nalishlari tinglovchilari uchun Janubiy Koreyalik professor Lee Seung Jik ishtirokida "Convolutional neueral networks: convolutions, network structure" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda tibbiyot, sa’nat va arxitekturada tasvir va videoni aniqlash uchun konvolyutsion neyron tarmog‘i ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.