4 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Afg‘oniston Islom Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vaziri Shaxzad Gul Aryabi tashrif buyurdi. Tashrif davomida o‘tkazilgan muzokarada TATU va Qobul shahridagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari instituti bilan hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.