Uchrashuvda Toshkent shahrida bunyod etilishi ko‘zda tutilayotgan aqlli shahar va xavfsiz shaharni yaratishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning o‘rni katta ekanligi, bu borada TATUni bitiruvchi iqtidorli talabalarining roli muhimligi ta’kidlandi va kelgusida ushbu ko‘zlanayotgan loyiha yuzasidan professor-o‘qituvchi hamda talabalar uchun o‘quv seminarlari tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.