🇯🇵 2024-yil 28-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yaponiyaning Sukuba universiteti vitse prezidenti professor Yasushi Nakauchi tashrif buyurdi.
💻 Uchrashuvda Sukuba universiteti va TATU bilan ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, malakali kadrlarni tayyorlashda Sukuba universiteti tajribasini qo'llash, bunda xalqaro standartlarga mos yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy-texnologik hamkorlikni rivojlantirish va Yaponiya mutaxassislarini TATUga jalb etish bo‘yicha kelgusidagi rejalar ko‘rib chiqildi.
🗒 Malumot uchun:
Sukuba universiteti — Yaponiyadagi yirik tadqiqot universiteti bo‘lib, 1973-yilda tashkil etilgan va xalqaro QS hamda THE reytinglarda yuqori o'rinlarda qayd etilgan.